El sog‘ligi-yurt boyligi
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayev va Xalq qabulxonasi mudiri Zokirxon Abdullayev tuman tibbiyot birlashmasiga bordilar. Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tibbiyot birlashmasida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tibbiyot birlashmasida bemorlarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq. Shuningdek, bemorlar bilan suhbatlashib, ularning holidan xabar oldi.
So‘nggi vaqtlarda tuman tibbiyot birlashmasida bemor va shifokorlar uchun yangi qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida tibbiyot xizmatining sifatini oshirishga xizmat qiladi.