insurez
12-11-2025 09:53

⚡️ “E-Tech Expo 2025” — elektrotexnikada yangi bosqich. Kattaqo‘rg‘on elektro texnika zavodi innovatsiyalar maydonida


⚡️ “E-Tech Expo 2025” — elektrotexnikada yangi bosqich. Kattaqo‘rg‘on elektro texnika zavodi innovatsiyalar maydonida

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilayotgan “E-Tech Expo 2025” — elektrotexnika va elektronika sohasidagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma o‘z ishini qizg‘in davom ettirmoqda.

Mehmonlar va mutaxassislar mahalliy va xorijiy korxonalar tomonidan taqdim etilgan yangi mahsulotlar, innovasion ishlanmalar hamda zamonaviy texnologik yutuqlar bilan tanishmoqdalar. Shu bilan birga, elektrotexnika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.

Ko‘rgazma doirasida B2B uchrashuvlar, tematik seminarlar va startap taqdimotlari ham o‘tkazilmoqda. Bu tadbir ishtirokchilariga sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yuzasidan samarali muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, “Kattaqo‘rg‘on Elektrotexnika Zavodi” ham ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda. Korxona tomonidan TNG rusumli energo tejamkor transformatorlar, vakumli o‘chirgichlar, qo‘yma transformator naprijanalari hamda kondesator uskunalari namoyish etilmoqda.

Bugungi kunda zavod tomonidan ishlab chiqarilayotgan bu uskunalar nafaqat mahalliy bozorda, balki xorijiy hamkorlar tomonidan ham katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.

🔋 “E-Tech Expo 2025” — bu nafaqat innovatsiya va ilmiy-texnika taraqqiyoti namoyishi, balki O‘zbekiston sanoatining yangi bosqichga ko‘tarilayotganini amalda ko‘rsatib beruvchi muhim platforma bo‘ldi.ф

Teglar
- -