Do‘stlik mahallasida ichki ko‘cha asfaltlanib, aholi uchun qulaylik yaratilmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani mustahkamlash va mahallalar qiyofasini yangilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda tumandagi bir qator ichki yo‘llarda asfalt qoplamasi ham yotqizilmoqda.
Ayni paytda Do‘stlik mahallasida ichki ko‘cha asfaltlanib, fuqarolar uchun qulay harakatlanish sharoiti yaratilmoqda. Bu ishlar tuman obodonchiligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.