insurez
05-08-2024 18:16

Davronbek Xalqaro olimpiadada matematika fanidan 3-o‘rinni egalladi


Yaqinda Hindistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasida 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi va o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar jamoasi musobaqada juda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Kattako‘rg‘on tumanidagi 48-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Davronbek Diyorov ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etib, katta yoshlilar jamoasida (Key Stage III) 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun tuman hokimi o‘rinbosari Obid Shirinov va Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri boshchiligida Davronbek Diyorovni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yuksak natija nafaqat Davronbekning, balki butun Kattako‘rg‘on tumani uchun katta faxr va g‘ururdir. 

Uning bu yutug‘i yoshlarimizga yangi ilhom va ishonch bag‘ishlaydi, ularni yangi marralarga intilishga undaydi.

Teglar
- -