insurez
08-10-2024 15:54

Davlat subsidiyalari va innovatsiyalar: Qishloq xo‘jaligida yangi imkoniyatlar


Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Saodat Nazarova" fermer xo‘jaligi bu yil 3 milliard 650 million so‘mlik sarmoya evaziga Xitoyning ilg‘or texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan "BOSHIRAN" rusumli zamonaviy paxta terish kombaynini xarid qildi. Ushbu texnika ish samaradorligini oshirishda va paxtachilik sohasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Kombaynni xarid qilishga sarflangan mablag‘lar davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanmoqda. Jumladan, davlat tomonidan 15 foizli subsidiya ajratilib, kredit foizining 9 foizi qoplandi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi 12 foizli qo‘shimcha qiymat solig‘idan foyda qiladi.

Zamonaviy "BOSHIRAN" kombayni bir kunda 40-50 tonna paxta terishga qodir bo‘lib, 500-550 nafar terimchining mehnatini avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiradi. Bu paxta terish jarayonini ancha samarali va yo‘qotishlarsiz bajaradi. Bundan tashqari, terilgan har kilogramm paxta uchun 250 so‘mdan subsidiya ajratilishi fermerlar uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib, ularning iqtisodiy faoliyatini mustahkamlashga yordam beradi.

"Saodat Nazarova" fermer xo‘jaligining bu tashabbusi tuman miqyosida paxtachilik sohasidagi innovatsiyalar va texnologik yangilanishlarga yo‘l ochmoqda. Bu kabi zamonaviy texnikalarning tatbiq qilinishi kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Teglar
- -