"Bulung‘urdagi «Pomidor sayli»: kattaqo‘rg‘onlik fermerlar mahalliy mahsulotlarini namoyish etib, tajriba almashdilar"
Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Pomidor sayli» bu yil ham o‘zgacha tantana bilan o‘tdi. Tadbirda kattaqo‘rg‘onlik fermerlar faol ishtirok etishdi va o‘zlarining sifatli mahsulotlari hamda tajribalari bilan boshqalarni tanishtirishdi.
Sayil davomida mahalliy dehqonlar tomonidan yetishtirilgan pomidorlar ko‘rgazmasi va turli milliy an’analarni namoyon etuvchi qo‘shiqlar va o‘yinlar ko‘pchilikning e’tiborini tortib, yanada rang-baranglik bag‘ishladi. Kattaqo‘rg‘on baliqlari va mashhur Payshanba somsalari sayil ishtirokchilariga o‘zgacha mazza berdi.
Ko‘rgazma va musobaqalar orqali fermerlar nafaqat mahsulotlarini namoyish etishdi, balki dehqonchilikdagi yutuqlar va tajribalarini boshqalar bilan baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.