insurez
21-09-2024 16:00

BOSH VAZIR O‘RINBOSARI KATTAQO‘RGʻONDA


Kattaqo‘rg‘on tumanida Bosh vazir o‘rinbosari Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna sektor rahbarlari va xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv "Kambag‘allikdan chiqib – farovonlik sari" shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Unda xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar", otinoyilar, tibbiyot va ta’lim sohasi vakillari, tadbirkor ayollar hamda ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzi, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va tibbiy ko‘riklar tashkil etildi, shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari muhokama qilindi. Uchrashuvda Prezidentning 376-qarori asosida xotin-qizlarning bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham e’tibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘z fikr va takliflarini bildirib, muhtoj oilalarga ko‘mak berish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish bo‘yicha amaliy qadamlarni muhokama qilishdi.

Teglar
- -