insurez
26-03-2025 15:48

Bosh prokuror o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘onda: Davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi rahbari S.Samadov, Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, joylarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida S.Samadov tomonidan Investisiya, Tashabbusli byudjet va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xususan, Investisiya dasturi doirasida “Mundiyon” mahallasidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, “Zarko‘rg‘on” mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish, “Guzal” mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar “Muruvvat” internat uyini tashkil etish loyihalari ko‘zdan kechirildi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Bunyodkor” mahallasi aholisi tomorqalarida sug‘orishni yaxshilash maqsadida ariqlarni betonlashtirish, “Narpay” kanaliga nasos o‘rnatish ishlari bilan tanishildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan qurilish ishlarini o‘z vaqtida, sifatli va belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan pudratchilarga, mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -