Bosh prokuror o‘rinbosari Dilmurod Qosimov Kattaqo‘rg‘on syement zavodida: ishlab chiqarish, logistika va eksport masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Dilmurod Qosimov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yirik sanoat korxonalaridan biri – “China Energy International Group Samarkand Cement” syement ishlab chiqarish zavodiga bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati va mavjud infratuzilmalar bilan yaqindan tanishildi. Qayd etilishicha, mazkur zavod nafaqat mahalliy bozor, balki tashqi bozor uchun ham yuqori sifatli syement mahsulotini yetkazib berayotgan zamonaviy majmua hisoblanadi.
Uchrashuvda korxona rahbariyati tomonidan mahsulot eksportini kengaytirish, temir yo‘l infratuzilmasini tortish, yuk tashish logistikasini yaxshilash, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirish kabi bir qator muhim takliflar ilgari surildi.
Dilmurod Qosimov tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish mamlakatimiz iqtisodiy rivojida muhim ahamiyatga ega. Shu bois, bildirilgan takliflar batafsil o‘rganilib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.