BOGʻ-TOK ORASIGA TO‘QSONBOSTI EKINLARINI EKIB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING HAMDA KUZGI EKILGAN GʻALLA MAYDONLARINI O‘Z VAQTIDA PARVARISHLAB YUQORI HOSILDORLIKKA ERISHING
BOGʻ-TOK ORASIGA TO‘QSONBOSTI EKINLARINI EKIB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING HAMDA KUZGI EKILGAN GʻALLA MAYDONLARINI O‘Z VAQTIDA PARVARISHLAB YUQORI HOSILDORLIKKA ERISHING
Kattqo‘rg‘on tuman fermerlar kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga
MUROJAATI
Qadrli yurtdoshlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Keyingi yillarda yer yuzida ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlar va qurg‘oqchilik kabi holatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtiryapti. Albatta, bu holat bizga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda so‘nggi bir yilda Siz, dehqon fermerlarga Prezidentimiz tomonidan ko‘plab Farmon va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erishildi.
Jumladan, agrar tarmoqda ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘ligi va hayotini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish vazifasi mustahkamlandi. 
Aslida buning zamirida Siz va bizning fidoyiligimiz orqali mamlakatimizning iqtisodiyotiga hissa qo‘shishdir. Shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi      deb bilguvchi inson o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerakdir.
Himmati baland dehqon va fermerlar!
Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizda asosiy e’tiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xo‘jalik            va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, biz fermerlarning og‘irini yengil qilishga qaratilmoqda.
Mamlakatimiz aholisini yil o‘n ikki oy vitaminga boy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish     eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur.
Dehqonchilikda “to‘qsonbosti” usuli dehqonlarimiz tomonidan qadimdan qo‘llab kelinadi. Bu usulda ekilgan urug‘lar 90 kunlik qishni qor ostida bosib o‘tadi. Shu sababdan ham bu usulni dehqonlarimiz “qorbosti” yoki “to‘qsonbosti” deb atashadi.
To‘qsonbosti usulida ekish sovuqqa chidamli sabzavotlardan erta ko‘klamda arzon va mo‘l sabzavotlarni yetishtirish imkonini yaratish barobarida, kundalik oziq-ovqat mahsulotlari tanqis “iliguzildi” paytida vitaminli mahsulotlar bilan ichki bozor ehtiyojini qoplaydi, eksport imkoniyatlarini kengaytirib dehqonlarni boyitadi.
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Xorijiy davlatda ham fermerlar tomonidan bog‘ tok oralariga ekishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Xususan, 
Xitoy davlatining Shensi, Shandun va Xenan provinsiyalarida bog‘lar orasiga soya, jo‘xori, guruch, sabzavot va beda ekish amaliyoti keng joriy etilgan. Buning natijasida yerdan foydalanish samaradorligi 30–40% ga oshgan, bog‘ orasidagi tuproqning namligi va strukturasi yaxshilangan hamda organik moddalar ko‘payib, daraxt hosildorligi 15–20% ga o‘sgan.
Hindiston davlatida esa Mango va banan bog‘larida bir vaqtning o‘zida sholicha yoki sabzavotlar ekiladi. Natijada qishloq xo‘jaligi daromadi 1 gektarda o‘rtacha 1,5–2 barobar oshgan, suv tejalgan hamda tuproq eroziyasi kamaygan.
Turkiya davlatida olma va uzumzorlar orasida beda va bug‘doy ekiladi. Buning natijasida yer qurimaydi, mikroiqlim yaxshilangan hamda azot bilan boyituvchi ekinlar daraxtlar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
 O‘zbekistonda bog‘ tok orasiga mahsulot ekishni Bog‘dorlik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutlari Toshkent, Samarqand va Farg‘ona vodiysida tajribalar o‘tkazgan.
Ushbu viloyatlarda sabzavotlar (pomidor, qalampir, piyoz), don ekinlari (jo‘xori, arpa), beda va yunjuq ko‘proq ekilgan. Buning natijasida Yerdan ikkilamchi foydalanish orqali daromad 25–30% ga oshgan, tuproqda organik moddalar saqlanishi, havo almashinuvi va namlik muvozanati yaxshilangan hamda ayrim hududlarda bog‘ to‘liq hosilga kirguncha olingan qo‘shimcha daromad daraxt parvarishi xarajati qoplab berilgan.
Mirishkor dehqon va fermerlar!   
Keling, bugundan mas’uliyatimizni yanada oshirib,  560 gektar bog‘-tok orasiga hamda bo‘sh turgan maydonlarga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, mamlakatimiz aholisini arzon mahsulotlar bilan ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing hamda mahsulotiningizni eksport qilib, hisob raqamingizda valyuta tushumini qiling!
O‘zlaringizga yuklatilgan majburiyatlarni yurakdan his qilib, bok-tok orasidan 2-3 marta hosil olish tizimini yilga qo‘yib, gektaridan 80-100 mln so‘mgacha daromad oling!
“Bir kontur - bir dala” tamoyili asosida mahsulot yetishtirib, sarflagan urug‘liklar va ko‘chatlar uchun “Yoshlar ishlari agentligidan” subsidiya mablag‘lari oling!
Kooperatsiyalar tashkil etib, mahsulotlaringizni eksportga chiqarib, qo‘shimcha daromad olishga erishing!
Aziz mirishkor dehqon va  fermerlar!
Quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring! 
birinchidan, “Dala madaniyati”ga e’tibor qarating, ya’ni bog‘-tok orasini tartibga keltirishimiz juda muhim. Mevali daraxtlarga, ekinlarga turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishni o‘z vaqtida bajaring; 
ikkinchidan, kuz oyining qulay ob-havosida qisqa muddatlarda bir qarich ham yerimizni bo‘sh qoldirmaslik uchun qisqa muddatda haydovni yakunlang;
uchinchidan, kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin to‘qsonbosti usulida ekish uchun sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, ko‘kat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlarining urug‘lari sepib ekib bo‘ling;
to‘rtinchidan, hech bo‘lmasa bok-tok orasiga bug‘doy urug‘ini sepib qo‘yishni unutmang;
beshinchidan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetiga 10-15 tubdan mevali daraxt ekishni unutmang;
oltinchidan, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyillari asosida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti ekinlarini ekishni tashkil etib, bozorlarimizni mahsulotga to‘ldirishga o‘z hissangizni qo‘shing.
Aziz mirishkor dehqon va  fermerlar!
Azaldan xalqimiz nonni eng ulug‘ ne’mat bilib qadrlaydi. Yangi O‘zbekistonimizning bu yilga ulkan g‘alla xirmoni Biz omilkor dehqon va fermerlar, suvchilar, agronom va mexanizatorlar, g‘allachilik klasterlari rahbarlari, sohaning fidoiy olimu tajribali mutaxassislarining zahmatli mehnatlari evaziga yaratildi.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, g‘allachilikni rivojlantirish borasidagi iqtisodiy tub islohotlarning amaliy natijasidir.
2020 yildan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilinib, sohada bosqichma-bosqich bozor tamoyillarini joriy etildi. Fermer xo‘jaliklariga g‘alla yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan erkin foydalanish hamda xizmat ko‘rsatuvchi va resurs yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlash huquqining berilishi, shuningdek, donni  xarid qilish hamda sotishda birja mexanizmining joriy etilishi yuqori manfaatdorlikni ta’minlamoqda.
 Davlat resursi va birja savdolarida sotish uchun g‘alla topshirish ko‘proq manfaat keltirayotganini biz fermerlar his etmoqdamiz.  
Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun subsidiya ajratilishi natijasida yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari o‘rnatilgan g‘alla maydonlari yildan-yilga kengayb bormoqda.
 Bundan tashqari, o‘tgan yili g‘allani erta ekib, tezroq unib chiqqani va soha olimlarining ilmiy tavsiyalari hamda g‘alla ekish va yetishtirishning har bir bosqichida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarlar, shuningdek, bobodehqonlar ta’biri bilan aytganda, erta ekkan erta o‘radi deb bejiz aytmaganligining isboti tasdiqlandi, bu yil har yilgidan mo‘l don hosili yetishtirish imkonini berdi. 
Himmati baland mirishkor fermerlar!
O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti dehqonchilik uchun, shu jumladan kuzgi bug‘doy yetishtirish uchun qulay hisoblanadi. 2026 yilda har bir gektar g‘alladan 90-100 syentnerdan hosil olish uchun biz dehqon va fermerlar bugundan ishni boshlash zarur bo‘lmoqda.
 Buning uchun har bir fermerlar tomonidan quyidagi tadbirlarni noyabr-dekabr oylarida mas’uliyat bilan yondoshib amalga oshiraylik!
birinchidan, bug‘doydan yuqori hosil olish uchun tuproq iqlimga mos, serhosil navlarni tanlashda adashmang va jiddiy e’tibor qaratib, 5 noyabrga qadar kuzgi bug‘doyni to‘liq ekishni yakunlang;
ikkinchidan, sho‘r yuviladigan maydonlarni sho‘rini yuvishni va yer yetilishi bilan sifatli qilib boshoqli don eking;
uchinchidan, bug‘doyni ekishdan avval o‘simlik ildiz tizimi yaxshi rivojlanishi va chuqur ketishi uchun har bir gektarga kamida 200 kg dan fosforli va 100 kg dan kaliyli o‘g‘it seping va g‘alladan barakali hosil olishga erishing;
 to‘rtinchidan, suvchilarga shart-sharoit yarating, tungi sug‘orishni tashkil eing;
beshinchidan, sentyabr oyida bug‘doyni to‘liq ekib oling, bug‘doy ekilgan maydonlarda uzunligi 50-60 metr bo‘lgan masofada o‘qariq va shoxariqlar olinib, birinchi suv qo‘yilishini ta’minlang hamda sog‘lam ko‘chat oling;
oltinchidan, kechki va fosforsiz ekilgan maydonlarga noyabr oyida kamida fosforga boyitilgan biostimulyatorlar bilan 2-marta suspenziya sepish (Koda P54-85%, Kaliyfos, N15P45K45, Ifo PZN-25%) va sharbat usulida sug‘orishni tashkil eting;
Yettinchidan, kech ekilgan va tuplamagan g‘alla maydonlarini rivojini tezlatish uchun 100-150 kg dan azotli o‘g‘itlar (Sulfat ammoniy) bilan oziklantiring.
Sakkizinchidan, g‘o‘za qator orasiga ekilgan maydonlarni g‘o‘zapoyadan kesish agregatlari yordamida tozalash va g‘o‘zapoyani qo‘lda sug‘urib olishga yo‘l qo‘ymang.
To‘qqizinchidan, aholi xonadonlari va chorva komplekslaridan mahalliy o‘g‘itlarni jamg‘arib, dalalarga chiqarish, xandak o‘ralar qazish ishlarini tashkil eting.
O‘ninchidan, ob-havoning qulay kunlaridan foydalanib, dala atroflarini, ichki va xo‘jalik ariqlarini tozalash, suv inshoatlarini ta’mirlash ishlarini yakunlash.
O‘ninchi birinchidan, har bir fermer xo‘jaligi rahbari g‘allachilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda yanada ishlarni jadallashtirib, g‘allaga qo‘shimcha ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni og‘ishmay  amalga oshirib 2025 yil g‘alla hosilini 90-100 syentnerga oshirib, yuqori daromad olishga erishing. 
Xabaringiz bor, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda asosiy e’tiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xo‘jalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, dehqon va fermerlarning og‘irini yengil qilishga qaratilmoqda.
Hurmatli klaster korxonalari rahbarlari!
Sizlarning biz fermerlar bilan hamjihat bo‘lib ishlashimiz natijasida bu yil g‘alladan misli ko‘rilmagan darajada hosil ko‘tardik. 2026 yil g‘alladan 90-100 syentnerdan hosil olish uchun biz fermerlar bilan bugundan boshlab ishlarni hamkorlikda yanada samarali tashkil eting.
Buning uchun quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring!
birinchidan, fermer xo‘jaliklariga yuqori hosil beradigan g‘alla urug‘lik tanlashda hamda o‘z vaqtida ekilishida amaliy yordam qiling;
ikkinchidan, fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda g‘allani yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda shart - sharoitlar yarating;
uchinchidan, 2026 yil hosili uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkillashda butun mas’uliyat fermerlar va klasterlar zimmangizda ekanligini unutmang!
Aziz fermer va dehqonlar!
Xalqimiz bugun biz dehqon va fermerlarning shijoatimiz, g‘ayrat va matonatimizga ko‘z tikib turibdi. Buni bir zum bo‘lsa-da, yoddan ko‘tarmaylik. Dasturxonimiz to‘kin-sochin, bozorlarimiz noz-ne’matlarga to‘la va arzon, turmushimiz yanada farovon bo‘lishi ayni paytdagi mashaqqatli mehnatimizga bog‘liq.  
Yurtboshimizning ishonchini oqlab, mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shish uchun barchangizni sidqidildan ishlashga, fidoyilik namunasini ko‘rsatishga chaqiramiz! 
Kattaqo‘rg‘on tuman fermerlar 
kengashi Rayosat a’zolari
 
                        



