Ayni paytda Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining bir yuz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiya kun tartibida qo‘yidagi masalalar ko‘rilmoqda:
1. O‘zbekiston Respublikasi Senati Kengashining 2024-yil 13-apreldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi KQ-710-son qarori ijrosi to‘g‘risida;
2. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi tomonidan tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida
3. Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;
4. Tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklarida o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risida;
5. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi Kattaqo‘rg‘on tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetni tasdiqlash” to‘g‘risidagi VI-94-193-7-96-K/23-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
6. Tumandagi mavjud ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlashning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida
7. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N.Jo‘lmatovning “Tumanda 2024-yilda Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
8. Tuman Adliya bo‘limining tumanda 2024-yilning I choragida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
9. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Mingboyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
10. Boshqa masalalar ko‘rilmoqda. Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.