insurez
31-08-2025 16:44

Avgust oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bayonot


Avgust oyi davomida Kattaqo‘rg‘on tumanida infratuzilma, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sport va madaniyat sohalarida qator ishlarni amalga oshirildi.

Infratuzilma va qulayliklar

Boltabek mahallasida yo‘llar ta’mirlanib, aholi turmushiga qulaylik yaratildi.

Kumushkent mahallasi hududidan o‘tuvchi D-073 Kattaqo‘rg‘on–Ingichka yo‘lining 5 km qismida asfaltlash ishlari olib borildi.
Bandlik va tadbirkorlik

1-son politexnikum binosida ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mullako‘rpa mahallasidagi “Qo‘shxovuz” MCHJ issiqxonasida Turonbank va Limonchilik uyushmasi hamkorligida “Milliy mahsulot – milliy faxr” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shhovuz mahallasining 43 gektar yer maydonida “Sardor Beshchinor Savdo” MCHJ tashabbusi bilan piyoz yetishtirilib, 80 nafar aholi doimiy daromad bilan ta’minlandi.

Kattaming mahallasining 5 gektar yer maydonida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida anjir va qulupnay ko‘chatlari ekildi.

Tumanga 24 ta paxta terish mashinasi olib kelinishi rejalashtirilib, shulardan 9 tasi allaqachon yetkazib berildi.


Qishloq xo‘jaligi va seminarlar

Samarqand viloyatida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya ko‘rigi hamda urug‘lik don tayyorlash bo‘yicha seminar o‘tkazilib, Respublika ishchi guruhi va bir qator viloyatlar vakillari ishtirok etdi.

Fermer xo‘jaliklari va agrosanoat vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari uyushtirib, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini o‘rganishdi.


Xavfsizlik va tartib

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida ichki ishlar, yo‘l harakati xavfsizligi va 4-otryad xodimlari ishtirokida keng qamrovli reyd tadbirlari o‘tkazildi.


Tarbiya va ta’lim

“Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi.

Vayrot mahallasidagi 30-maktabda aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri amalga oshirildi.


Sport yutuqlari

Koreyada bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida Diyorbek Sunnatullayev va Baxtbek O‘ktamov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Xitoyda o‘tgan Para Osiyo chempionatida kattaqo‘rg‘onlik parakamonchi Abbos Abdug‘aniyev munosib ishtirok etdi.

“Men qutqaruvchiman” respublika musobaqasida tuman yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.


Madaniy-ma’rifiy hayot

Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida festival hamda “Yoshlik” o‘yingohida bayram tadbiri o‘tkazildi.

“Bir nuroniy – o‘n yoshga murabbiy” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindor nuroniylar taqdirlandi.

“Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.


Xalqaro hamkorlik va forumlar

Bishkek shahridagi “Ayol – lider, dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi kuch” xalqaro forumida tadbirkor Gulmira Jumayeva ishtirok etdi.

Xitoyning Qashg‘ar shahridagi xalqaro mahsulotlar yarmarkasida tuman delegatsiyasi ishtirok etdi.


Qadrlash va e’tirof

Soliq xizmati xodimlari kuni munosabati bilan uchrashuv bo‘lib, hokim soha vakillarini tabrikladi.

Prezident farmoni bilan bir qator fidoyi soha vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.

Teglar
- -