insurez
19-06-2024 15:54

Atmosferaga yetkazilgan zarar uchun jarima bor!!!


Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan kuzatuv reyd tadbirlari davomida tumanning Yakkabog‘ mahallasida yashovchi fuqaro D.A o‘z yashash xonadoni atrofidagi qurib qolgan o‘simlik qoldiqlarini to‘plab ochiq alanga oldirib yoqib yuborganligi maʼlum bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan MJtKning 88-moddasi 03-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BXMning 3 barobarida, yaʼni 1020000 so‘m jarima qo‘llanildi.

Teglar
- -