9 may – Xotira va Qadrlash kuni
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida Xotira maydonida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman hokimligi, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tuman hokimi boshchiligida Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi, jon fido etgan mardlar xotirasi yana bir bor yodga olindi.