43-maktabda tashabbusli byudjet mablag‘lari evaziga 240 o‘rinli qo‘shimcha zamonaviy o‘quv binosi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi
Kattaqo‘rg‘on tumani Kumushqirg‘oq mahallasida yana bir muhim loyiha amalga oshirildi. 43-maktabda tashabbusli byudjet mablag‘lari evaziga 240 o‘rinli qo‘shimcha zamonaviy o‘quv binosi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman rahbarlari, mahalla faollari va maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yangi bino zamon talablariga to‘liq javob beradi. Yorug‘ va keng sinf xonalari va barcha zarur shart-sharoitlar maktab jamoasi va o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda o‘quvchilar bilan suhbat qurib, ularning orzu-intilishlariga omad tilashdi.