insurez
20-07-2024 11:00

2024 yil 20 iyul Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining bir yuz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


KUN TARTIBI:

1. Tuman hududida faoliyat olib borayotgan ayrim fermer xo‘jaliklarida monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborot.

2. Ma’muriy-hududiy chegara chizig‘ini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Z. Abdullayevning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-sonli Qarorining tumandagi ijrosi hamda 2024 yil davomida Virtual va Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar, sayyor qabullar natijadorligi” haqidagi axboroti.

4. Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Murtazayevning hisoboti.

5. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b. M. Obbozovning “Mahalliy byudjetning 2024 yil II chorak ijrosi va 2024 yil III chorak rejalari” haqidagi hisoboti.

6. Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i S. Sayidovning hisoboti.

7. Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i L. Abduqahharovning “Tumanda yoshlar muammolarini hal etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligi va natijadorligini yaxshilash chora-tadbirlari” haqidagi hisoboti.

8. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i N. Jo‘rayevning tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar haqidagi hisoboti.

9. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i E. Raximovning “Tumanda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” haqidagi hisoboti.

10. Boshqa masalalar ko‘rildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Teglar
- -