insurez
04-04-2024 08:47

CHORSHANBA TADBIRKORLAR VA HOKIM YORDAMCHILARI BILAN ISHLASH KUNI


Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov va tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayevlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish, muhokama qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi. 

Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan hokim yordamchilari murojaat va takliflari bor tadbirkorlar bilan qabulda ishtirok etdi. Qilingan murojaat va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tuman rahbari aloqador mutasaddilarga tegishli  ko‘rsatma va vazifalarni berdi.

Teglar
- -