“1-IDUM O‘QUVCHILARI — ILM SARHADLARINI ZABT ETMOQDA!”
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-IDUMning oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi Toshniyozova Mohinur ustoz rahnamoligida tahsil olayotgan 23 nafar iqtidorli o‘quvchi Milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Samarqand davlat universitetiga naqd qabul qilindi!
O‘quvchilarning natijalari:
A+ daraja — 3 nafar
A daraja — 2 nafar
B+ daraja — 4 nafar
B daraja — 3 nafar
S+ daraja — 5 nafar
S daraja — 6 nafar
Bu yuksak natijalar o‘z ustoziga ishongan, mehnat qilgan va orzu qilgan yoshlarning zafaridir!
Yutuq sohiblari va ularning ota-onalari, ustozlari hamda oila a’zolarini chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizlarga kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘lingizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Tarbiya — ota-onaniki, ta’lim — ustozniki. Rahmat sizlarga!