NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI VALIJONDA O‘TDI
Bugun Valijon mahallasidagi 22-maktabda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ishtirokida fuqarolar qabuli va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv davomida fuqarolar turli masalalarda, jumladan, tibbiy va moddiy yordam, elektr energiyasi ta’minoti, ijtimoiy xizmatlar va tadbirkorlik sohalarida o‘z muammolari va takliflari bilan murojaat qilishdi.
Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish hamda muammolarni hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Uchrashuv yoshlar va fuqarolarning murojaatlariga quloq solish, ularning muammolarini hal etish va tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishga qaratilgan edi.