insurez

KATTAQO‘RGʻON TUMANIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Hurmatli Kattaqo‘rg‘on tumani aholisi!

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash eng muhim davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimizning bu boradagi qat’iy talablari va topshiriqlarini bajarish maqsadida, Kattaqo‘rg‘on tumanida ham korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi ayovsiz kurash olib bormoqdamiz. 

Shaffoflik, halollik va mas’uliyat — bizning asosiy tamoyillarimiz. Shu maqsadda: 

Tuman Kengashi sessiyalarida nafaqat hokim, balki barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilot rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilmoqda. Bu orqali har bir rahbarning faoliyati ochiq va shaffof tarzda nazorat qilinadi.

Davlat xaridlari to‘liq elektron tizimga o‘tkazilgan. Bu esa, byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi.

Tuman bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashga oid bannerlar va plakatlar o‘rnatilgan. Bu orqali aholining huquqiy ongini oshirishga va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga harakat qilinmoqda.

Har bir fuqaroning muammosi va taklifi biz uchun muhim. Shu sababli, doimiy ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning murojaatlarini tinglamoqdamiz.

Kadrlarni tanlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik — eng ustuvor vazifamiz. Korrupsiyaga moyilligi bo‘lgan har qanday xodimga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.

Barcha yig‘ilishlar va uchrashuvlarda korrupsiyaning jamiyatga keltiradigan zarari haqida tushuntirishlar berilmoqda. Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.

Har oyda "Halollik kuni" o‘tkazilib, xodimlarning qonuniylik, javobgarlik, xizmat intizomi va manfaatlar to‘qnashuviga oid bilimlari oshirilmoqda.

Hurmatli tumandoshlar!

Sizning faol ishtirokingizsiz korrupsiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli:

Tuman hokimligining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Ochiq byudjet" va "Shaffof tanlov" ruknlari orqali barcha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

"Ishonch raqami va telegram messenjer" orqali o‘z fikrlaringizni bildirishingiz, takliflaringizni berishingiz va nazorat qilishingiz mumkin.

Biz, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi, halollik, sadoqat va javobgarlik tamoyillari asosida ish yuritamiz. Sizlarni ham bu yo‘lda birlashishga chaqiraman.

Faqat birgalikda biz ishonchli muhit, pok jamiyat va xalq manfaati ustuvor bo‘lgan tizimni yarata olamiz!

E’tiboringiz uchun katta rahmat!

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar