insurez
30-07-2024 13:08

GʻALLA YETISHTIRUVCHI XO‘JALIKLAR DIQQATIGA!

Kattaqo‘rg‘on tumanida 2025 yilda urug‘lik don yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tender tanlov o‘tkaziladi. Tanlov boshoqli don urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan ariza.
2. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan tilxat.
3. Tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi.
4. Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma.
5. Tuman Irrigatsiya tizimi bo‘limi ma’lumotnomasi.
6. Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
7. Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi).
8. Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar).
9. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
10. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.
11. So‘ngi 3 yil ichidagi g‘alla hosildorligi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha don korxonalari yoki g‘allachilik klasterlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 641-son qarorining 1-ilovasidagi Nizom talablariga muvofiq Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joriy yilning 22 iyulidan 21 avgustigacha qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida tender tanlovlari o‘tkaziladi.

Tanlov Kattaqo‘rg‘on tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida 2024 yil avgust oyining uchinchi o‘n kunligida tanlov komissiyasi ishtirokida o‘tkaziladi. Hujjatlar tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Samarqand viloyati boshqarmasi.
Murojaat uchun telefonlar:
- (97)-287-50-06
- (93)-343-34-33
- tuman QXB (93)-228-49-96

Teglar
Insurance Policy