insurez
20-10-2025 08:50

“Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on tumani Mundiyon mahallasida joylashgan 17-umumta’lim maktabida “Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda nomzodlar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishdi. 
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan nomzod qizlar Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. Gʻoliblar ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -