insurez
11-07-2024 19:46

YUTUQLAR SALMOQLI, REJALAR ULKAN


 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi "Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklariga chetdan keltiriladigan zotdor qoramol, qo‘y va echkilar uchun imtiyoz berilishi naslchilik ishlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.  Qaror bilan chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.
  Kattaqo‘rg‘on tumanida qaror asosida 2024 yilda chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik sohalari bo‘yicha ibratli ishlar  amalga oshirilmoqda.

   CHORVACHILIK: 2024 yilda barcha toifali xo‘jaliklarda qora mollar soni 181097 boshga - o‘tgan yilga nisbatan 102,1 foizga,  sigirlar soni 70514 boshga - o‘tgan yilga nisbatan 101,2 foizga, qo‘ylar soni 186620 boshga - o‘tgan yilga nisbatan 103,1 foizga o‘sishga erishiladi. Ular tomonidan 42705 tonna go‘sht va 175014 tonna sut mahsulotlari ishlab chikilishi rejalashtirilgan.

  Tumanda 127 ta chorvachilik fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularning  qaramog‘ida 10089 bosh qora mollar  o‘tgan yilga nisbatan 101,6 foizga, shu jumladan 2859 bosh sog‘im sigirlar  o‘tgan yilga nisbatan 104,1 foizga o‘sishga erishish  ko‘zda tutilgan Xo‘jaliklardagi naslli mollar salmog‘i umumiy mol bosh sonining 92,7 foizini tashkil qilmoqda.

  Tumanda  joriy yilning 1 aprel xolatiga barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 10676,3 tonna go‘sht, 43753 tonna sut mahsulotlari ishlab chikarildi.  Chorvachilik fermer xo‘jaliklari tomonidan esa 1 aprel xolatiga  1282,2  tonna sut  va 347,5 tonna go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarildi.  O‘rtacha har bir sigirdan sog‘ib olingan sut miqdori 2500-3000 kiloggramni tashkil qildi.

  127 ta chorvachilik fermer xo‘jaliklaridan 54 tasida zamonaviy binolar qurib ishga tushurildi. Tumanda ozuqa bazasini mustaxkamlash uchun 3155 gektar yer maydoni ajratilgan. Shunndan,  1699 gektari suvli, 557,8 gektari lalmi, 487,5 gektari yaylovlar, 410,7 gektar boshka yerlardan iborat.  Jami sug‘oriladigan 1699 gektar yer maydonning 597 gektariga beda, 940 gektariga makkajuxori, 21 gektariga oq juxori xamda 141 gektariga xashaki lavlagi ekilgan. Shuningdek, 2024 yil g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarining    3589 gektariga takroriy makkajuxori ekilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil hosili uchun g‘allachilik klasterlari tomonidan 8926 gektar g‘alla maydonini 10 foizga qisqartirish hisobiga 893 gektariga ozuka ekin ekildi. Bundan tashkari paxtachilik klasterlari tomonidan 10750 gektar paxta maydonini 10 foizga qisqartirish hisobiga 1075 gektar yer maydoniga ham ozuka ekinlari ekilishi ko‘zda tutildi.  Urug‘liklar ta’minotini tizimli yo‘lga qo‘ygan holda, 157 gektar bahorgi beda 104 foizga, 141 gektar lavlagi 100 foizga, 116 gektar makkajo‘xori 100 foizga, hamda 21 gektar oqjo‘xori 100 foizga ekilishi ta’minlanadi.

  Koramolchilik buyicha 3 ta yangi loyixa ishga turilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular tomonidan 37467,5 mln so‘m mablag‘ sarflash evaziga  1200 bosh qoramollar olib kelinib,  197 tonna go‘sht, 3300 tonna sut hamda 62 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi kuzda tutilgan.Shuningdek, joriy yilda   aholi va dehqon xo‘jaliklariga naslchilik fermer xo‘jaliklari tomonidan 187 bosh naslli urg‘ochi qora mollar tayyorlab sotish rejalashtirilgan.

   BALIQCHILIK: Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, tabiiy va sun’iy suv havzalaridan oqilona foydalanish, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, tabiiy va sun’iy suv havzalarini elektron onlayn auksion orqali shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda realizatsiya qilish tartibini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

 

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 2024 yilda 6846 tonna baliq mahsuloti ishlab chikarilishi, shundan baliqchilik fermer xo‘jaliklari tomonidan 6067,5 tonna baliq ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

  Bugungi kunda tumanda 89 ta baliqchilik fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, baliqchilik faoliyatini yuritish bo‘yicha su’niy suv havzalari yaratish uchun 411 gektar yer maydoni ajratilgan. Bundan tashqari  tabiy suv havzalarida baliq yetishtirish maydoni  7499 gektarni tashkil qiladi. Jami bo‘lib tuman bo‘yicha 7910 gektar yer maydonida baliq yetishtirish ko‘zda tutilmoqda.

   Mavjud baliqchilik yo‘nalishidagi xo‘jalik va korxonalar tomonidan  2024 yil 1 aprel holatiga 537 tonna baliq ishlab chiqarildi. Baliqchilik fermer xo‘jaliklarida baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish uchun  120 gektar  intensivlashtirish va 349 ta aeratorlar va oziqlantirish moslamalari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

  Joriy yilda tumanda balikchilik  buyicha 4 ta yangi loyixa (1350 mln. so‘m o‘z mablag‘i sarflash evaziga) ishga tushurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

  PARRANDACHILIK: Mamlakatimizda,jumladan Kattaqo‘rg‘on tumanida ham parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Bugungi kunda tuman bo‘yicha barcha toifa xo‘jaliklarda 1385 ming bosh parrandalar,  shu jumladan 20 ta  parrandachilik fermer xo‘jaliklarida  331700 bosh parrandalar parvarish qilinmoqda.

  2024 yil 1 aprel holatiga tumanda  jami 20,2 mln. dona tuxum,                        490 tonna parranda go‘shti ishlab chikarildiJoriy yil oxiriga qadar tumanda  81,2 mln. dona tuxum, 1960 tonna go‘sht masuloti ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Shuningdek,jori yilda parrandachilik bo‘yicha 3 ta yangi loyiha ishga tushurilishi rejalashtirilgan.  Ular tomonidan 2500 mln. so‘m o‘z mablag‘ini sarflash evaziga  135 ming bosh parrandalar olib kelinib, 14 ta  yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

   Xulosa qilib aytganda tumanda chorvachilik,baliqchilik va parrandachilik sohasida yutuqlar salmoql, rejalar esa ulkan.

Eshpo‘lat SAFAROV.

Teglar
- -