YOSHLARGA VATANPARVARLIK SABOGʻI: “QALTIS QADAM” SPEKTAKLIGA SAYOHAT
Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tashabbusi bilan yoshlar tarbiyasiga ko‘mak berish va vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida tumandagi “otaliqqa olingan” hamda “o‘g‘ir toifa”dagi bir guruh yoshlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Majidiy” drama teatri sahnasida namoyish qilingan “Qaltis qadam” nomli spektakl yoshlarning hayotga va Vatanga bo‘lgan munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularda yuksak ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga yo‘naltirildi.
Yoshlar mazkur uchrashuv orqali nafaqat madaniy hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, balki har bir sahnadagi o‘gitli lavhalar orqali hayotning muhim qadamlari haqida fikr yuritdilar. Bu kabi madaniy va ma’naviy tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etib, ularni jamiyatda faol va e’tiborli shaxs sifatida shakllanishiga hissa qo‘shadi.