insurez
23-10-2025 09:25

YOSHLAR TARBIYASI — DOLZARB MASALA


Bugun Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida “Yoshlar tarbiyasi — dolzarb masala” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumandagi mahallalarning faol nuroniylari, otinoyilar, imom-xatiblar, tuman IIB xodimlari, hamkor tashkilotlar hamda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda mahalla tizimini takomillashtirish va joylarda yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi bo‘lim boshlig‘i, falsafa fanlari doktori, professor Nodira Musayeva, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, jamg‘armaning viloyat bo‘limi rais o‘rinbosari Donaqul Toshboyev, viloyat “Buvijonlar maktabi” rahbari Gulbahor Xusainova va tuman bo‘limi raisi Qamariddin Ahmedovlar ma’ruza bilan chiqish qildilar.

Yig‘ilish davomida yoshlar tarbiyasi, erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari, qarindoshlar o‘rtasida quda-andachilikka chek qo‘yish, nikoh yoshiga yetmaganlar o‘rtasida shariat nikohining oldini olish, shuningdek, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarni kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilayotgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Teglar
- -