insurez
25-06-2025 10:07

Yangiobod mahallasining elektr ta’minoti yaxshilanmoqda


Kattaqo‘rg‘on tumanida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar davom etmoqda. Xususan, Yangiobod mahallasining elektr infratuzilmasi bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

Mahallaga 205 dona temir-beton elektr ustunlari o‘rnatildi. Shu bilan birga, 2 ta 160 kVA va 1 ta 100 kVA quvvatga ega yangi transformatorlar joylashtirildi. Hozirgacha 7,620 kilometr uzunlikdagi 0,4 kV va 10 kVli elektr tarmoqlari tortilib, aholining uzluksiz va sifatli elektr ta’minotiga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmoqda.

Ushbu ishlar mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish, turmush sharoitini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -