insurez

|

Ko'zi ojizlar uchun sayt versiyasi
17-12-2025 08:38

🎄 Yangi yil arafasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari aholiga xizmat qilmoqda!


Yangi yil bayrami arafasida aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, bozorlarda narx-navolarning asossiz oshirilishini oldini olish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumanida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu doirada Payshanba dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari orqali aholiga qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari qulay narxlarda taklif etilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari tomonidan bozorlarda narx-navolar barqarorligini ta’minlash yuzasidan doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.

Teglar
- -