insurez
31-12-2024 11:57

Xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda: yangi yilda yangi imkoniyatlar


Kattaqo‘rg‘on tumanida "Ayollar daftari"ning birinchi toifasidagi xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Yangi yil arafasida 50 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari topshirildi. Ushbu tashabbus ularning mehnat bilan bandligini ta’minlash va moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.

Marosimida tuman hokimligi vakillari, tadbirkorlar va jamoat tashkilotlari ishtirok etdi. Tikuv mashinalari hadya qilingan xotin-qizlar orasida ijtimoiy yordamga muhtoj, ishsizlikdan jabr ko‘rayotgan va ishlash istagida bo‘lgan ayollar bor. Bu mashinalar ularga uyda ishlab, oilasiga moddiy yordam berish imkoniyatini yaratadi.

Tashabbus xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni hayotga faolroq jalb etish yo‘lidagi yana bir amaldagi ish bo‘lib, bu kelgusida xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Har bir berilgan tikuv mashinasi ayollar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishga qaratilgan qadrli sovg‘aga aylandi.

Teglar
- -