insurez
29-01-2025 20:30

"Xavfsiz mahalla – tinch hayot!"


Aholining tinch va farovon yashashi, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, mahallalarning xavfsizligini ta’minlashda profilaktika inspektorlarining xizmati muhim hisoblanadi. 

Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Aslam Ochilov profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, inspektorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -