Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining VII chaqiriq uchinchi sessiyasi
2024 yil 13 dekabr kuni Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining VII chaqiriq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani tuman Kengashi kotibiyati mudiri Muhiddin Teshayev olib bordi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, byudjet mablag‘laridan foydalanish va mahalliy hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. 2024 yil 9 oyi yakuniga ko‘ra Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi to‘g‘risida hisobot tinglandi.
2. Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ning 148-moddasiga asosan mahalliy byudjet xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi.
4. 2023 yil 29 dekabrdagi va 2024 yil 21 iyundagi tuman Kengashi qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi.
5. “Bulomixcha” kollektorini ta’mirlash va tiklash loyihasi muhokama qilinib, tasdiqlandi.
6. Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Djumayeva tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha hisobot taqdim etildi.
7. Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Elmuratovning 2024 yil 3 yanvardagi PF-1-sonli Prezident Farmoni ijrosi haqidagi hisoboti tinglandi.
8. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Shokir Sultonov tomonidan 2024 yilda byudjet mablag‘laridan foydalanish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida axborot berildi.
9. Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Sanat Sayidovning “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida olib borilgan ishlar hamda sanoat korxonalari hududida yashil belbog‘larni tashkil etish to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul қилинди (https://www.facebook.com/share/v/15NzPkuZbe/).