insurez
20-07-2024 16:34

Tumanimizga yangi tadbirkorlik loyihalari va xorijiy investisiyalarni jalb qilishdir


Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov mas’ullar va tadbirkorlar hamrohligida Xitoyning Jiangsu provinsiyasi, Nankin shahrida bo‘lib turibdi.

Nankin shahridagi "Nanjing Shengchi Rubber and Plastics Machine Manufacturing Co., LTD" kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Plastik sanoat uskunalari, maxsus qurilmalar va texnologiyalar ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya bilan dastlabki kelishuvlar imzolandi. Kompaniya o‘zining yuqori sifatli mahsulotlari va innovasion yechimlari bilan mashhur.

Jiangsu provinsiyasining Nankin shahriga tashrifdan maqsad tumanimizga yangi tadbirkorlik loyihalari va xorijiy investisiyalarni jalb qilishdir.

Ma’lumot uchun, Jiangsu provinsiyasi Xitoyning sharqiy qismida joylashgan. Nankin shahri esa ushbu provinsiyaning poytaxti hisoblanadi. Nankin tarixi jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir necha marta Xitoyning poytaxti bo‘lgan. Shuningdek, Nankin iqtisodiy, madaniy va ta’lim markazi sifatida tanilgan.

Teglar
- -