insurez
17-07-2025 09:22

URUGʻCHILIK SOHASI YANGI BOSQICHDA


Kattaqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyulda qabul qilingan PF–109-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, hokim o‘rinbosari Bahodir Sulaymonov, “O‘zagroinspeksiya” tuman bo‘limi rahbari Gʻanisher Yo‘ldoshev, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Tadbirda ishtirokchilarga mazkur farmonning ahamiyati, urug‘liklar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish borasida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash lozimki, yangi tizim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportbop va yuqori sifatli qilib yetishtirish, urug‘chilik sohasida shaffoflikni ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan. Seminar ishtirokchilari ushbu yangiliklarni amaliyotda tatbiq etish bo‘yicha o‘z taklif va fikrlarini ham bayon etmoqda.

Teglar
- -