Tuman hokimi J.Nasriddinovning Mahalla tizimini rivojlantirish bо‘yicha islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish bо‘yicha vazifalar tо‘g‘risidagi murojaati
Sessiya ishtirokchilari va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 14-oktabr kuni mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi о‘tkazilib, mahalla tizimini rivojlantirish bо‘yicha islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish bо‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Xususan tumandagi mahallalarda “yettilik” tizimi joriy etilib, kredit, subsidiya, kompensatsiya, moddiy yordam ajratish kabi 100 dan ortiq xizmatlar mahalla darajasiga tushirilgani hisobiga 8720 nafar fuqarolar kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik darajasi 0,9 foizga qisqardi. Tumandagi 9 ta mahalla zamonaviy kо‘rinishda qayta qurildi.
Mahallalarimizdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish orqali yangi ish о‘rni yaratish maqsadida mahallalarga bankir va soliq xodimlari biriktirilib, infratuzilmaga ham alohida mablag‘ ajratilmoqda.
Jumladan, tumandagi 7 ta og‘ir mahallalar (Jizmonsoy, Burgansoy, Yovi, Bunyodkor, Kumushkent, Yangiobod, Qо‘shxovuz)ga mahallalardagi “drayver” loyihalar infratuzilma obyektlari ta’mirlanishi belgilab olingan.
Yangi qabul qilingan “Tashabbusli byudjet” tо‘g‘risidagi qarorga muvofiq mahalladagi aholi yо‘li, ichimlik suvi, maktab, bog‘chani ta’mirlashni boshlagan bо‘lsa, xarajatining yarmini davlatimiz tomonidan qoplanishi belgilandi. Tumanda mahalliy byudjetdan 2025 yil uchun 40 275,8 mln.sо‘m ajratilgan bо‘lib, shundan 2025 yil 1-mavsumi uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” ga 20 137,9 mln.sо‘m, tuman mahalliy byudjetining qо‘shimcha manbalari hisobidan 3 144,0 mln.sо‘m va iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 542,8 mln.sо‘m jami 23 824,8 mln.sо‘m ajratilib 1-mavsumda 16 ta g‘olib bо‘lgan loyihalarga tо‘liq hisob raqamlar ochilib mablag‘lar tо‘liq moliyalashtirilgan. Shundan, ichki yо‘llar bilan bog‘liq 13 ta taklif loyiha smeta hujjatlariga asosan qurilish ta’mirlash ishlari tugatilgan.
-3 ta ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlash bilan bog‘liq loyihalarning loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilib hozirgi kunda ishlar pudratchi tashkilotlar tomonidan 65 % ishlar amalga oshirildi.
Sо‘nggi yillarda mahalliy byudjet xarajatlarini taqsimlashda jamoatchilik va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash borasida keng kо‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan joriy yildan boshlab Soliq qо‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini tо‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq tо‘lovchi mahalla” reytingi e’lon qilinishi belgilanganligini ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla yettiligi oldiga juda muhim va mas’uliyatli vazifalar qо‘yildi. Davlat rahbari tomonidan berilgan yangi topshiriqlar mahallaning iqtisodiy mustaqilligini oshirish, aholi tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash hamda hududlarni obod va qulay qilib rivojlantirishga qaratilmoqda.
Jumladan;
-mahallada sanitariya, ekologiya va noqonuniy qurilishlar bо‘yicha jarimalarning 10 foizini mahalla byudjetiga yо‘naltirish – bu mahalla byudjetini kengaytirish, о‘z hududini obodonlashtirish ishlari jalb etish;
-5 ming kvadrat metrgacha bо‘lgan bо‘sh davlat mulkini auksionga chiqarish imkoniyati – mahalla yetakchilariga hududning iqtisodiy rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallada qolib, infratuzilma obyektlarini ta’mirlash va rivojlantirishga sarflanishi;
-10 sotixgacha yer maydonini aholi tashabbusi bilan yashil hudud qilish uchun ajratish – ekologik tizimni yaxshilash, aholining faolligini oshirish va mahallada sog‘lom muhit yaratish, mahalla yettiligi tizimining nufuzini oshirish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi qurilishini amalga oshirilganda 7 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilish belgilandi. Binoni qurib foydalanishga topshirgan tadbirkorlarga foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada tо‘lanishi belgilanib, bu ham mahalla yettiligi faollariga va tadbirkorlarga yana bir imkoniyatni yaratildi.
Yil yakuniga kо‘ra yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan vazifalar samaradorligi kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan tumandagi 10 ta mahalla yettiligini mukofotlash choralari kо‘riladi.
Hurmatli tumandoshlar!
Tumandagi mahallalar ixtisoslashuvini yakka tarmoqlikdan 2-3 tarmoqlikka oshirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Tumandagi mahallalarda ixtisoslashuv bо‘yicha taqsimoti qilinib, chuqur, о‘rta, past toifalar ajratilgan. Jumladan, tumanda 36 ta chuqur ixtisoslashgan, 24 ta о‘rta darajada, 9 ta past darajadagi mahallalarga taqsimlandi. Ushbu ixtisoslashuvni yanada takomillashtirish uchun mahalladagi yettilik tomonidan doimiy ravishda ishlar olib borilmoqda. Barcha mahallalarni ixtisoslashuv bо‘yicha manzilli rо‘yxati ilova qilinadi. 4 ta mahallari drayveri qulupnaychilikka ixtisoslashgan bо‘lib, hozirda ushbu mahallalar bosqichma-bosqich parrandachilik
ayxunobod” tajribasi asosida har bir mahallada kamida 40 tadan jami 2yо‘nalishiga ixtisoslashtirilmoqda.
Tumandagi 69 ta mahallada “S 760 ta mikroloyihalarni amalga oshirish va bu orqali 5 520 nafar aholi bandligi ta’minlash belgilangan. Shundan yanvar-iyun rejasi 1 380 ta amalda 1 503 ta mikroloyihalar ishga tushirilib, umumiy qiymati 115,0 mlrd.sо‘mlik loyihalar amalga oshirilib, 3 086 ta yangi ish о‘rinlari yaratildi.
Mahallalarda bо‘sh turgan davlat obyektlarini auksion savdolariga chiqarish
Tumandagi barcha mahallalardagi bо‘sh turgan davlat obyektlarini xatlov jarayoni amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda Valijon mahallasida 2 ta, Yangiobod mahallasida 1 ta, Qoqsoy mahallasida 1 ta bо‘sh turgan davlat obyektlari aniqlanib inventarizatsiya о‘tkazildi. Ushbu bо‘sh turgan obyektlar belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan.
Mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bо‘yicha
О‘tgan davr mobaynida oilaviy ajrimlari 100 taga kamaygan, yaqin qarindoshlar о‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlarini oldini olish yuzasidan tuman hotin-qizlar bо‘limi va mahalla xotin-qizlar faollari bilan tumandagi 69 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida doimiy targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi alohida tо‘xtalib, jumladan, hozirgi kunda tumanda Yoshlar ishlari agentligining 5 ta loyihasi (Ibrat farzandlari, Ustoz AI, Mutolaa, UzCHESS va Qizlar akademiyasi) bо‘yicha targ‘ibot ishlari samarasini bermoqda. 12,610 nafar yoshlar chet tillarini, Mutolaa ilovasi orqali 10 mingga yaqin yoshlar onlayn kitobxonlik bilan 2 373 nafar yosh xalqaro til sertifikatlariga ega bо‘lgan. Tumandagi 760 nafar ishsiz toifasiga kiritilgan yoshlarning 100% bandligi ta’minlandi
Mahalla, kо‘cha va xonadonlar toza va obodligini
Bugungi kunda 69 ta MFYlardagi barcha qishloq va kо‘chalarini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi 13 ta ta’mirtalab mahalla binolarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, 33 ta quyosh panellari о‘rnatilmoqda.
Tumandagi 1000 dan ortiq kо‘p qavatli va aholi xonadonlari 168,1 km kо‘chalar, 134,5 kmi xavfsiz yо‘lakning qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yangiobod va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida "Yashil makon" loyxasi doirasida yashil bog‘ barpo etish bо‘yicha qilingan ishlar olib borilmoqda. Yangiobod va Valijon mahallalaridagi 3 ta bо‘sh turgan obyektlar auksion savdolariga chiqarildi.




