insurez
21-10-2025 14:33

🖌 Til — davlat timsoli, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi va tarixi aks etgan ulkan merosdir.


#Qadring_ulugʻ_boʻlsin_ona_tilim
#Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

🖌 Til — davlat timsoli, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi va tarixi aks etgan ulkan merosdir.

👍 1989 yil 21 oktyabr kuni yurtimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Shu tarixiy sana har yili bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Bugun madaniyat bo‘limi konsert zalida mazkur kunning 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — faxrim!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman rahbarlari, shoirlar, yozuvchilar, ta’lim sohasi vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdilar.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov o‘z nutqida davlat tilini rivojlantirish, uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani Yangiqiyot mahallasida yashovchi Islomjon Murodov yaqinda Gruziya Respublikasining Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha IMMAF tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan Jahon chempionatida 110 ta davlatdan kelgan sportchilar o‘rtasida munosib ishtirok etib, Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgani uchun tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Tadbirda madaniyat bo‘limi san’atkorlarining ijrolari hamda shoirlar o‘rtasidagi mushoira barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Musiqiy va she’riy chiqishlar bayramga yanada shukӯh bag‘ishlab, tadbirni yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi.

 

 

Teglar
- -