insurez
05-11-2025 17:21

Tadbirkorlar qabuli – muammolar yechimi va yangi imkoniyatlar maydoni


Kattaqo‘rg‘on tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Jamshid Nasriddinovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kreditlar olish, yer ajratish va infratuzilma bilan bog‘liq qator masalalarni bayon etdilar.

Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tadbirkorlarni tinglar ekan, ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish, tashabbuslarni amalga oshirishda davlat organlari har tomonlama ko‘mak berishini ta’kidladi:
“Har bir tadbirkorning muvaffaqiyati – bu tumanimizning taraqqiyoti. Biz har bir murojaat ortida inson mehnati va yurt ravnaqi borligini yaxshi anglaymiz. Shu bois, har bir masalaga alohida yechim bilan yondashamiz”, — dedi hokim.

Qabulda ayrim muammolar joyida hal etildi, qolgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishonchini mustahkamlash va tuman iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -