TADBIRKORLAR MUAMMOSI E’TIBORDA
Kattaqo‘rg‘on tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ishtirokida tadbirkorlarning qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar o‘z biznesini rivojlantirishda uchrayotgan qiyinchilik va muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.
Qabul davomida har bir murojaat hokim tomonidan alohida o‘rganilib, masalalarni yechimini topish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlar asosan yer masalalari, kredit olish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar hamda boshqa masalalarga oid bo‘ldi.
Qabuldan ko‘zlangan maqsad — tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishdir.