insurez
18-09-2025 08:49

Samarali muloqot: yoshlar fikri, ta’limga e’tibor va mahalla taraqqiyoti


Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov Jumaboy mahallasida Nisbat, Chig‘atoy, Chuyanchi va Oyjon mahallalari yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazdi. Shuningdek, fuqarolar qabuli ham tashkil etildi.

Uchrashuvda hokim yoshlarga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan keng imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish zaruriyati haqida so‘z yuritdi. Yoshlar hamda mahalla fuqarolarining muammo va takliflari tinglandi.

Shu kuni hokim 10-maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Maktab huzurida tashkil etilgan muzey ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu muzeyda 300 dan ortiq qadimiy eksponatlar jamlangan bo‘lib, uning boyishi va tartibga keltirilishida tarix fani o‘qituvchisi Zulfuxor Zayniddinovning xizmati katta ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Jumaboy mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Tuman rahbari tegishli mutasaddilar ishtirokida mahallaning infratuzilmasi, obodonlashtirish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Teglar
- -