Respublika ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘onda: xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yig‘ilish
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha 1-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Respublika Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari, sektor rahbarlari, mahalla yettiligi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” asosiy ustuvor vazifa etib belgilandi. Kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va xavfsiz muhit yaratish uchun tizimli chora-tadbirlar rejalashtirildi. Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda mahalla faollari va fuqarolarning faol ishtiroki muhimligini ta’kidlandi.