insurez
18-07-2024 16:00

Qirg‘iz mahallasida xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir xotin-qizlar faollarining ishini namunali tashkil etish va ayollar bandligini ta’minlashga bag‘ishlandi.


Seminar davomida, mahalla drayveri orqali korporatsiyalar tashkil qilish masalalari ham muhokama qilindi. 

Birinchi sektor xotin-qizlar faollari, ushbu tashabbuslar orqali ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki va iqtisodiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan harakatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha fikr va tajribalar almashdilar. 

Bu kabi tadbirlar mahallalarda ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Teglar
- -