QADRING BALAND BO'LSIN ONA TILIM!
#Qadring_ulugʻ_boʻlsin_ona_tilim
#Oʻzbek_tili_bayrami_kuni
Til — davlat timsoli, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi aks etgan ulkan merosdir.
1989 yilning 21 oktyabr kuni yurtimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shu tarixiy sana har yili bayram sifatida keng nishonlanadi.
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani Madaniyat bo‘limi konsert zalida mazkur kunning 35 yilligi munosabati bilan "QADRING BALAND BO'LSIN ONA TILIM!" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman sektor rahbarlari, shoirlar, yozuvchilar, ta’lim sohasining vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdilar.
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va boshqa ma’ruzachilar davlat tilini rivojlantirish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritishdi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limi san’atkorlarining ijrolari, shuningdek, shoir va shoiralar tomonidan o‘tkazilgan mushoira barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Musiqiy va she’riy chiqishlar bayramga yanada shuko‘hi bag‘ishlab, tadbirni yuksak ruhda yakunladi.