O‘zbek tili — millat iftixori
O‘zbek tili — millat iftixori
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy istirohat bog‘ida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan gulchambarlar qo‘yildi. Tadbir ishtirokchilari ona tilimizning qadri, uning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rni haqida fikrlar bildirdilar.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Yosh ijodkorlar ona tilining go‘zalligi, so‘z boyligi va ifodalilik imkoniyatlarini tarannum etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, ona tilimizni e’zozlash va uning jamiyatdagi o‘rni hamda ahamiyatini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.




