"Orasta" qo‘llardan chiqqan go‘zallik
"Orasta" so‘zining o‘zidayoq go‘zallik, tartib, intizom, mahorat mujassam. 17-maktabning "Orasta to‘garagi" a’zolari bu so‘zning ma’nosini hayotga tatbiq etib, o‘zlarining iqtidori va mehnatsevarliklari bilan atrofdagilarni lol qoldirishmoqda.
"Besh tashabbus maktabda" loyihasi doirasida o‘tkazilgan respublika tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallab, 6 turdagi tikuv mashinasi bilan taqdirlangan "Orasta" to‘garagi a’zolarining bu yutug‘i haqiqatan ham maqtovga loyiq.
"Orasta" to‘garagi a’zolari choyshab, dasturxon, sochiq, qizlar fartugi, ro‘molchasi, yostiq jildlar va byurtma asosida tikuvlar qilib, sotishi - bu o‘quvchilarning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishiga, qo‘l mehnatining ahamiyatini anglashiga yordam beradi.
Turli gullar asamoqda - bu ham ajoyib! O‘quvchilarning iqtidori, qobiliyatlarini rivojlantirish, estetik ta’mini shakllantirishga xizmat qiladi.
"Orasta" to‘garagi rahbari Shoxista Baxriddinovaning o‘quvchilarga berayotgan ta’limi, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, o‘quvchilarning o‘zlarining g‘ayrat-shijoatlari - bularning barchasi 17-maktabning "Orasta" to‘garagining bugungi yutug‘iga olib keldi.
"Orasta" qo‘llardan chiqqan go‘zallik - bu faqatgina tikuvchilik mahorati emas, balki o‘quvchilarning mehnatsevarligi, iqtidori, ijodkorligi, hayotga bo‘lgan munosabati, o‘zlariga bo‘lgan ishonchi, kelajakka bo‘lgan umidining timsolidir.