Obodonlashtirish ishlari nazoratda
Kattaqo‘rg‘on tuman sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 yo‘li bo‘yi va tuman markaziga kirib kelish yo‘lini avtobusda ko‘zdan kechirib, tumanning chiroyini yanada oshirish bo‘yicha muhim topshiriqlar bermoqda.
Sektor rahbarlari aholi xonadonlari, savdo markazlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini obodonlashtirish, gul va daraxt ko‘chatlari ekish hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar beryapti.
Bu tashabbus tumanning chiroyini oshirish, yashil maydonlarni kengaytirish va aholining yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.