NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Tadbirkorlar xiyoboni"da tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayev, tuman IIB boshlig‘i Aslam Ochilov ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi.
Qabulda tumanimizda turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan 20 nafarga yaqin tadbirkorlarning murojaatlari eshitildi.
Murojaatchilar asosan faoliyatlarini kengaytirish, bank krediti olish va mavjud kredit muddatini uzaytirish, yangi loyihalarga ko‘maklashish, kadastr, bilan bog‘liq masalalarda mas’ullarga yuzlandilar.
Har bir murojaat tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo‘lganlariga amaliy yechimlar qilindi. Qolganlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.