insurez
03-10-2024 07:00

Mo‘minxo‘jada yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari ishga tushirildi


Kattaqo‘rg‘on tumani Mo‘minxo‘ja mahallasida xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Yil boshidan beri mahallada 8 ta yangi xizmat ko‘rsatish ob’yektlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda tadbirkor Sardor Safarov tomonidan zamonaviy oziq-ovqat savdo do‘koni ishga tushirildi. Mazkur do‘kon 3 ta yangi ish o‘rni bilan mahalliy aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar Shavkat Xurramov, Nodir Xurramov va Gʻolib Mizomovlar tomonidan savdo do‘koni qatorida tunkaga ishlov berish syexi va 2 ta avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari ham faoliyat boshladi. Ushbu loyihalar doirasida jami 11 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ob’yektlarning ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari va mahalla ahli ishtirok etdi. Tuman hokimi o‘z nutqida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning mehnati mahalliy iqtisodiyot rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Teglar
- -