Mahalliy byudjet, yer masalalari va bandlik — sessiya kun tartibida
2025 yil 19 may kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini tuman hokimi, Kengash raisi Jamshid Nasriddinov olib bordi.
Sessiyada jamiyat va iqtisodiyot rivoji uchun ustuvor ahamiyatga ega bir qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, kun tartibida quyidagi mavzular atroflicha ko‘rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 24 fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-101-V-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida.
2. Tuman mahalliy byudjetiga qo‘shimcha manbalarni jalb etish va ulardan foydalanish masalasi to‘g‘risida.
3. 2025 yilda tuman mahalliy byudjeti xarajatlarini maqbullashtirish natijasida shakllangan qo‘shimcha manbalarni yo‘naltirish to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 dekabrdagi PF-223-sonli farmoni ijrosi doirasida tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari L.Ziyayevning hisoboti.
5. O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi OʻRQ-937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida — Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyati boshqarmasining Kattaqo‘rg‘on tumani filiali boshlig‘i F.Ibragimovning hisoboti.
6. Kengash ish rejasiga asosan tumanda ishsizlik va bandlik (ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar) holati, kambag‘allikni qisqartirish masalalari to‘g‘risida — tuman bandlik va mehnat munosabatlari bo‘limi boshlig‘i E.Rahimovning hisoboti.
Sessiya yakunlari bo‘yicha har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mutasaddi tashkilot va rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.