Konstiutsiya bayrami: Kattaqo‘rg‘onda erkinlik va huquqlar tantanasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi Kattaqo‘rg‘onda ham keng nishonlandi
Bayram tadbirida tumanning barcha soha vakillari - sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, tuman tashkilot va korxona rahbarlari, yoshlar va keng jamoatchilik birlashib, bu muhim sanani tantanali ravishda nishonlashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayev Davlat rahbari boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yilgan huquqlarimiz haqida so‘zlab, bu hujjatning xalqimiz erkinligi, huquqlari va manfaatlarini kafolatlovchi muhim asos ekanligini ta’kidladi.
Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi, maktab va bog‘cha o‘quvchilarining badiiy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari, raqslari tadbirga o‘zgacha chiroy baxsh etdi. Yosh avlod vakillarining Konstitutsiya mazmuni va ahamiyatini aks ettirgan chiqishlari bayramga yanada hayajon va ma’no bag‘ishladi.