insurez
28-02-2025 13:23

Kitob – ma’rifat ko‘zgusi, taraqqiyot poydevori: Kattaqo‘rg‘on tumanida kitobxonlik targ‘iboti


Kattaqo‘rg‘on tumanida kitobxonlikni targ‘ib qilish va mutolaa muhitini keng yoyish maqsadida 16-maktab hamda 2-maktabda keng qamrovli kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada ota-onalar o‘z farzandlari uchun badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim olishga intilishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan mazkur tadbirda buyuk shoir va adiba Zulfiya tavalludining 110 yilligi ham keng nishonlandi. Shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, she’riy kechalar o‘tkazildi. Bundan tashqari, "Besh tashabbus" doirasida yoshlar uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etildi.

Tabiatni asrash va yashil muhitni kengaytirish maqsadida mahalliy bog‘bonlar tomonidan ko‘chatlar yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda hosildor va turli iqlim sharoitiga mos keladigan anjir va xurmo ko‘chatlari aholiga tarqatildi. Bu esa mahallalarda ekologiyani yaxshilash va yashil muhitni ko‘paytirishga hissa qo‘shdi.

Ushbu tashabbuslar yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, ma’naviy saviyasini oshirish hamda ekologik tarbiya berish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Teglar
- -