insurez
08-07-2024 15:54

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" yuzasidan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Bugun yurtimizda ham kiberjinoyatchilikning qurbonlari soni ortib bormoqda. Bu kabi holatlarning oldini olish, aholini hushyorlikka chaqirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab, "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Farxod Shukrullaev va tibbiyot birlashmasi jamoasi ishtirok etishdi. 

Seminarda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan kiberjinoyatlarning turlari, virusli dasturlar, xakkerlik hujumlari, plastik kartochkalardan pul o‘g‘irlash kabi mavzular bo‘yicha tushunchalar berdi.

Teglar
- -