insurez
01-03-2025 10:21

Kattaqo‘rg‘onlik yoshlar "School-21"da: Raqamli kelajak sari qadam


Kattaqo‘rg‘on tumanida yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan tanishish imkonini yaratish maqsadida informatika fani o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilardan iborat guruh Samarqand shahridagi "School-21" Raqamli texnologiyalar maktabiga borishdi. 

Tadbir Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tashrif davomida qatnashchilar maktabning o‘quv jarayonlari, zamonaviy IT texnologiyalari hamda o‘qishga kirish shartlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ularga "School-21" maktabining innovasion ta’lim tizimi, dasturlash va raqamli texnologiyalar bo‘yicha imkoniyatlari tushuntirildi.

Shuningdek, yoshlar IT sohasining kelajagi va bu yo‘nalishda mutaxassislikka ega bo‘lish imkoniyatlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi tashabbuslar Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi, ularning raqamli texnologiyalar va IT sohasiga qiziqishini kuchaytiradi.

Kelajakda bunday loyihalarni kengaytirish va yoshlarga zamonaviy bilimlarni o‘rgatishga keng imkoniyat yaratish rejalashtirilgan.

Teglar
- -